«Real» va «Barselona» klublari sobiq futbolchisi Qirg'iziston terma jamoasiga bosh murabbiyiga aylandi

Qirg'iziston futbol ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Qirg'iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida «Real» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi, Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-1998ning bronza medali sohibi Robert Prosinechki tayinlandi.
56 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma bir yil va bir oy muddatga mo'ljallangan. Agar Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2027da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, shartnoma yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Prosinechkining oxirgi ish joyi Chernogoriya terma jamoasi bo'lgan. Ungacha u Bosniya va Gertsegovina, Ozarbayjon milliy jamoalarini, shuningdek «Tsrvena Zvezda» va «Qayserispor» klublarini boshqargan.
JCh-2026 saralash bosqichida Chernogoriya xorvat mutaxassisi qo'l ostida Xorvatiya, Chexiya, Farer orollari va Gibraltar joylashgan guruhda 4-o'rinni egalladi.