"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jakega Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli futbolchi Madridning "Real" va Londonning "Arsenal" klublari radarlariga tushib qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Sasha Tavoleri. Frantsuzning xaridiga "Al-Hilol" ham qiziqish bildirmoqda, u allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan bog'langan, biroq hozirda u faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish istagini bildirmagan.

Jeremi Jakening Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln evro. Yosh himoyachi "Renn"ning asosiy jamoasi safida atigi 13 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, Frantsiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ikkita o'yin o'tkazgan.