Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso chap qanot himoyachisi Ferlan Mendini yangi pozitsiyada sinab ko'rmoqchi.

Frantsuz - Alvaro Karreras va Fran Garsiyadan keyin himoyaning chap qanotida faqat uchinchi tanlov. Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" etakchisi 30 yoshli futbolchini markaziy himoyaga o'tkazmoqchi - ispaniyalik mutaxassis yaqinda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda shunday variantni sinab ko'rgan.

Ferland Mendi joriy mavsumda jarohatlar bilan bog'liq muammolar tufayli hali maydonga tushmadi.