"Real" ustozi Alonso 2026 yildagi orzularini aytdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso 2026 yildan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
Shanba kuni "qaymoqranglilar" o'z uyida "Sevilya"ni 2025 yilning so'nggi o'yinida mag'lub etishdi (2:0). Gollarni 38 va 86-daqiqalarda Jud Bellingem hamda Kilian Mbappe o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
"Mening 2026 yildagi istagim? Jarohat olgan barcha futbolchilarimiz safga qaytishini istayman," - deb Alonsoning javobini keltiradi Madrid Zone.
"Real" La Liga turnir jadvalida 18 o'yindan keyin 42 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" 43 ochko to'plagan bo'lsa-da, joriy turda hali o'z o'yinini o'tkazgani yo'q.