"Real" UEFAdan 4,5 mlrd evro undirish maqsadida sudga murojaat qildi

"Real Madrid" va A22 Sports UEFAga 4,5 milliard evro miqdoridagi da'vo bilan sudga murojaat qiladi.
Da'voda UEFA o'z monopoliyasini suiste'mol qilishda, raqobatni to'sishda va Superliga loyihasi bilan bog'liq katta moliyaviy yo'qotishlarga sabab bo'lganlikda ayblanmoqda.
Madrid sudining qarori UEFAning "Evropa Ittifoqining erkin raqobat qonunlarini jiddiy ravishda buzganligini" tasdiqladi va Florentino Peresga 2021 yildan beri yo'qotilgan daromad, translyatsiya huquqlari va brend ta'siri uchun kompensatsiya talab qilish uchun ruxsat berdi.