Madridning “Real” klubi so'nggi etti uchrashuvning faqat bittasida “Atletiko”ni mag'lub etgan.
Kecha La Liganing 7-turida Xabi shogirdlari 2:5 hisobida mag'lub bo'lishdi.

2024 yilning 18 yanvaridan buyon bu ikki klub turli musobaqalarda etti marta to'qnash kelishgan. 2024/25 yilgi Chempionlar ligasida "Real Madrid" 1/8 finalning birinchi o'yinida g'alaba qozondi, javob o'yinida asosiy vaqtda mag'lub bo'ldi va penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.

La Ligada "Atletiko Madrid" uchta o'yinda durang o'ynadi va bitta g'alabaga erishdi, shuningdek, Ispaniya Kubogida ham g'alaba qozondi.