"Real" uch nafar yulduz markaziy himoyachidan birini tanlaydi

Madridning "Real" klubi kelasi yili himoya markazini kuchaytirishni istamoqda.
O'tgan yozda "qaymoqranglilar" safini Din Xyoysen to'ldirdi, ammo klub yaqin kelajakda markaziy himoyachi pozitsiyasini yangilashni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Diario AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, ispaniyalik grandning asosiy nishonlari uch nafar frantsuz - "Transfermarkt" portali tomonidan 60, 50 va 80 mln evroga baholangan Ibraima Konate ("Liverpul"), Dayo Upamekano ("Bavariya") va Vilyam Saliba ("Arsenal") hisoblanadi.
Dastlabki ikki futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi, ammo "Liverpul" va "Bavariya" kelishuvni uzaytirmoqchi. Saliba bitimi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.