Madridning "Real" klubi kanali hakamlikni yana bir bor keskin tanqid qildi.

Yangi mojaro yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi o'yin oxirida avj oldi: uchrashuv oxirida Vinisius Junior raqib bilan kichik kontaktdan so'ng yiqilib tushdi, ammo penalti belgilanmadi - hakam qoidabuzarlik bo'lmagan deb hisobladi.

"Bu sharmandalik. Ispaniya kubogi finali oldidan mashhur matbuot anjumanini o'tkazgan o'sha hakamning [VAR xonasida] shaxsiy qarori bilan tayinlanmagan Vinisiusdagi eng toza penalti. Bu epizodda qoidabuzarliklarni ko'rmaslik shunchaki imkonsiz edi," - deya RMTV vakillarining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

"Qaymoqranglilar" baribir "Alaves"ni enga oldi - 2:1.