Madridning «Real» klubi rahbariyati Daniel Karvaxal jamoani tark etganidan so'ng, o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasini tahlil qilib chiqdi va Danining vorisi sifatida asosiy nomzodni belgilab oldi.

Klub mutasaddilarining fikricha, Trent Aleksander-Arnold — top-klub uchun munosib himoyachi va Karvaxalning o'rnini bosa oladigan eng yaxshi nomzod. «Qaymoqranglilar» rahbariyati Trentning o'yinida ba'zida beqarorlik kuzatilayotganiga qaramay, uni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Aleksander-Arnold «Real»ga o'tgunga qadar «Liverpul» sharafini himoya qilgan.