"Real" Tibo Kurtuaga uzoq muddatli o'rinbosar topib qo'ydi

Shvetsiyaning "Elfsborg" klubi darvozaboni Simon Eriksson Madridning "Real" klubi e'tiborini tortdi.
Ispan grandi 19 yoshli futbolchini Tibo Kurtuaning "uzoq muddatli o'rinbosari" sifatida ko'rmoqda, deb yozadi Transfer News Live Defensa Central’ga tayanib. "Qaymoqranglilar" vakillari yosh shvedning taraqqiyotini kuzatishda davom etishadi va, ehtimol, yaqin kelajakda uni o'z saflariga jalb qilishga harakat qilishadi.
Simon Eriksson Shvetsiya chempionatining o'tgan mavsumida "Elfsborg" safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, jami 30 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko'ra, darvozabonning narxi 500 ming evroni tashkil etadi.