Frantsiyalik yarim himoyachi Orelen Tchuameni yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Djanluidji Longari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Tchuamenining o'zi «Real»da qolishni xohlaydi, biroq klub uning transferini istisno qilmayapti. Ta'kidlanishicha, «Manchester Yunayted» futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda 26 yoshli frantsiyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

«Transfermarkt» ma'lumotlariga ko'ra, Tchuamenining qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz