«Real» Tchuamenini qancha summaga sotishga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi

Yarim himoyachi Orelen Tchuamenining «Real»dagi kelajagi so'roq ostida turibdi.
Defensacentral nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi frantsuz futbolchisini shu yozda albatta sotib yuborilishi kerak bo'lgan o'yinchilar qatoriga kiritmayapti. «Qaymoqranglilar» xavbek transferi bo'yicha faqat 120 million evrodan kam bo'lmagan takliflarnigina ko'rib chiqishga tayyor. Tchuamenini o'z safiga qo'shib olishga hanuzgacha «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda va mankunianliklar uning maosh bo'yicha talablarini qondirishga tayyor.
Orelen Tchuameni 2022 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million evro evaziga o'tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar