«Real» tarixida ilk bor EChL o'yinining asosiy tarkibida birorta ham ispaniyalik yo'q

«Real Madrid» o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi uchrashuvini asosiy tarkibda birorta ham ispaniyalik futbolchisiz boshladi, deb xabar bermoqda Opta.
Madridliklarning «Bavariya»ga qarshi tarkibida ilk daqiqalardan quyidagi futbolchilar maydonga tushdi: Lunin, Trent Aleksander-Arnold, Ryudiger, Militao, Mendi, Valverde, Gyuler, Vinisius Junior, Bellingem, Braim Dias va Mbappe.
Eslatib o'tamiz, 7 aprel kuni Madridda (Ispaniya) bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda «Bavariya» «Real» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.