Niko Pas A Seriya joriy mavsumida "Komo"ning 9 ta golidan 8 tasida ishtirok etdi.

"Yuventus" A Seriya 7-turida safarda "Komo"ga (0:2) imkoniyatni boy berdi. 21 yoshli argentinalik futbolchi dastlab Mark Kempfga assistentlik qildi, keyin o'zi gol urdi.

Fransesk Fabregas bosh murabbiyligidagi jamoa Italiya chempionati-2025/26'da 7ta o'yinda 9ta gol urdi va Pas ulardan faqat bittasida ishtirok etmadi.

Niko A Seriyaning 7 o'yinida 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi - u gol+pas tizimi bo'yicha ligada peshqadamlik qilmoqda. U golli uzatmalar bo'yicha ham birinchi o'rinda bormoqda, to'purarlar ro'yxatida esa "Milan" futbolchisi Kristian Pulishich bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Shuningdek, Pas "Real"dan Vinisius Junior (5+4) va "Bavariya"dan Luis Dias (5+4) bilan bir qatorda Evropaning top-5 ligalarida kamida 4 ta gol urgan va kamida 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchilar uchligiga kiradi.

Niko "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega.