"Real Sosedad" uchun yangi mavsum juda omadsiz boshlandi

Ispaniya chempionati yangi mavsumining 5-turida "Real Sosedad" safarda "Betis"ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi.
Avvalroq, Serxio Fransisko shogirdlari Madridning "Real" va "Real Ovedo" klublaridan mag'lubiyatga uchragan edi. Shu bilan birga, jamoa "Espanol" va "Valensiya" bilan ochkolarni bo'lishib oldi.
2006 yildan beri birinchi marta Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi "Real Sosedad" uchun bu qadar muvaffaqiyatsiz boshlandi. O'sha mavsumda San-Sebastyan jamoasi to'rtta mag'lubiyatga uchragandi va dastlabki besh turda faqat bir marta durang o'ynagandi va chempionat yakunlariga ko'ra elita divizionda 19-o'rinni egalladi.
Hozirda "Real Sosedad" 2 ochko bilan 17-pog'onada bormoqda. Keyingi turda Arsen Zaxaryan jamoasi "Malorka"ni qabul qiladi.