"Real Sosedad" hujumchisi "Levante"ga o'tadi

Kamerunlik hujumchi Etta Eyong Ispaniyaning "Real Sosedad" klubini tark etib, "Levante"ga o'tadi.
Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Eyong 4 mavsumga shartnoma imzoladi. Transfer 3 million evroni tashkil etgan. 21 yoshli futbolchi Kamerun yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan, biroq hali maydonga tushmagan.