"Real Sosedad"da matbuot bo'yicha mutaxassis bo'lib ishlayotgan Jon Ander Manduate rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan nima uchun kam o'yin o'tkazayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Manduate xabariga ko'ra, San-Sebastyan jamoasi ustozi shunchaki boshqa futbolchilar foydasiga tanlov qilmoqda.

"Murabbiy shunchaki boshqa o'yinchilarni tanlayapti. Zaxaryanning jismoniy holatida hech qanday muammo yo'q.

Ruhiy jihatdan ham hammasi yaxshi. Arsen bor kuchini sarflayapti", - dedi Munduate.