«Real Sosedad» bosh murabbiyi: «Ispaniya Kubogidagi g'alaba — bu hali hammasining boshlanishi»

«Real Sosedad» ustozi Pellegrino Mataratstso Ispaniya Kubogi finalida «Atletiko» ustidan qozonilgan g'alabaga (2:2, penaltilar bo'yicha 4:3) baho berdi.
«Buni tushuntirish qiyin. Bu tinimsiz mehnat va fidoyilikning mevasidir. Butun xodimlar, o'yinchilar va qo'llab-quvvatlashi beqiyos bo'lgan muxlislar... Bu unutilmas sayohat bo'ldi va men bu hali hammasining boshlanishi ekanini his qilyapman.
O'yinni nazorat qilish, tavakkal qilmaslik va qarshi hujumlar tashkil etish muhim edi. Shuningdek, bizga himoyalanish ham kerak edi. Jamoa xarakter ko'rsata oldi».
La Ligadagi 5-o'rin uchun kurash haqida
«Biz shu ruhda davom etishimiz kerak, biz ambitsiyalimiz. Oldinda ettita o'yin qoldi va biz ko'prog'ini istaymiz», — dedi Mataratstso.