Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdano argentinalik hujumchi Lionel Messining o'yin darajasi haqida gapirdi.

«Hamma Messini to'xtatib qolishga harakat qiladi, biroq hozircha bu urinishlar befoyda. U allaqachon maydonda piyoda yurib o'ynamoqda, lekin baribir uni to'xtatib bo'lmayapti. U futbol tarixida ulkan iz qoldirgan haqiqiy dahodir», — deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi «AS» nashri.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasining bo'lajak JCh-2026 uchun qaydnomasidan joy olgan. Mundialning guruh bosqichida «albiseleste» Jazoir, Iordaniya va Avstriya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.