"Real" sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Kilian Mbappeni "qaymoqranglilar" uchun muammo deb hisoblamaydi.

"Mbappega kelsak, to'qima gap-so'zlar boshqa narsa-yu, haqiqat umuman boshqa narsa. U — gol urish bo'yicha haqiqiy mashina, yil davomida juda yuqori darajani saqlab qoldi. Boshqa masala shundaki, "Real" sovrinlarni qo'lga kirita olmayapti va mas'uliyatni boshqalarga qaraganda ko'proq uning zimmasiga yuklashmoqda, bunga sabab — uning jamoadagi bosh yulduz ekanligidir.

Biz juda ko'p hollarda murakkab muammolarga oddiy echimlar qidiramiz. Klubning bir qancha muammolari bor va Mbappe ularning eng so'nggisidir. Mbappe — bu umuman muammo emas, aksincha, echimdir. U gol urmoqda, futbolda esa eng qiyini aynan shudir", — dedi Valdano.