"Real"ning sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman bu yozda Madrid klubiga o'tgan qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold haqida o'z fikrini bildirdi.

"Futbol jihatidan moslashish qiyin bo'lmaydi: ko'pchilik ingliz tilida gaplashadi, bu unga yordam beradi va u tezda jamoaga qo'shilib ketadi. Oxir-oqibat, uni o'yini bo'yicha baholashadi, Trent esa ajoyib futbolchi, shuning uchun unga biror muammo tug'iladi deb o'ylamayman," - deya Makmanamanning so'zlarini keltiradi AS.

Trent "Real"ga "Liverpul"dan 10 million evro evaziga o'tgan. "Qaymoqranglilar" safida ingliz futbolchi barcha musobaqalarda sakkizta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirishga ulgurdi.