Madridning «Real» va Londonning «Tottenxem» klublari sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart «Galatasaray»ning yangi futbolchisi Leroy Sane haqida tanqidiy fikr bildirdi.

"Sanening karerasi shunday rivojlanayotganidan afsusdaman. Leroy uni barbod qildi", - deya niderlandiyalikning so'zlarini keltiradi Ran.

29 yoshli nemis futbolchisi shu yilning yozida «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Galatasaray»ga o'tdi. Sane turk klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 32 million evroni tashkil qiladi.