"Real Sosedad" va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Aser Ilyaramendi Gonkongning "Kitchi" klubi futbolchisiga aylandi. Tajribali o'yinchi bilan kelishuv muddati ma'lum qilinmagan.

Eslatib o'tamiz, Ilyaramendi 35 yoshda. Uning so'nggi klubi MLSning "Dallas" klubi bo'lib, u o'tgan yozda jamoani tark etgan. Xavbek 2023 yildan beri Texas jamoasida o'ynab kelayotgandi.

Ilyaramendi "Real Sosedad" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, deyarli butun faoliyatini o'sha klubda o'tkazgan, faqat 2013-2015 yillarda Madridning "Real" jamoasida o'ynagan, shundan so'ng San-Sebastyanga qaytgan.

Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisini bor-yo'g'i 700 ming evroga baholamoqda.