“Real” sobiq darvozaboni vafot etdi

Madridning “Real” klubi sobiq darvozaboni Xose Arrakistayn Arreta 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib, hamdardlik bildirdi.
Arrakistayn 1961 yildan 1968 yilgacha "Real Madrid" safida to'p tepgan. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 98 ta o'yin o'tkazib, oltita Ispaniya chempionligi, bir marta Qirol kubogi va bir marta Evropa kubogida g'alaba qozongan. “Real Sosedad” jamoasi mahsuli bo'lgan Arrakistayn Ispaniya terma jamoasida olti uchrashuvda oltita gol o'tkazib yuborgan.
U 1962 yilgi jahon chempionatida jamoa tarkibida ishtirok etgan.