"Real" sobiq darvozaboni: "Barcha Zidanni hurmat qilardi"

Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
«Zidanda o'ziga xos xarizma va avtoritet bor edi. Jamoaning barcha yulduzlari uni hurmat qilishardi va buyuk futbolchi-murabbiyga shunday munosabatda bo'lsa, jamoa katta ustunlikka ega bo'ladi.
Zidan hammaga o'yin vaqtini berishga harakat qildi. Mavsumlarning birida men 19 ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushganman", - dedi 39 yoshli sobiq darvozabon.
Kasilya - "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015/2019 yillarda asosiy jamoada zaxira darvozaboni bo'lgan.