"Real" barcha musobaqalarda so'nggi besh o'yinda atigi bir marta g'alaba qozongan.

Xabi Alonso jamoasi bugun La Liganing 14-turida "Jirona"ga (1:1) qarshi bahs olib bordi.

4 noyabrdan boshlab u "Liverpul"ga yutqazdi (0:1) va "Rayo Valekano" (0:0) va "Elche" (2:2) bilan durang o'ynadi. Bu vaqt ichida yagona g'alaba - "Olimpiakos" ustidan qozonilgan (4:3).

3 dekabr kuni "Real" "Atletik" bilan kuch sinashadi.