Madridning "Real" klubi "AZ Alkmaar"dan Kees Smit va "Kristal Pelas"dan Adam Uortonni kuzatishda davom etmoqda.

"Qirollik klubi" skautlari har ikki futbolchining o'yinini o'rganib, muntazam ravishda ijobiy sharhlar bilan hisobot tayyorlamoqda, deb yozadi jurnalist Mario Kortexana. 19 yoshli niderlandiyalik va 21 yoshli angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyati joriy mavsum boshida, Dani Sebalosning ketishi haqida gap-so'zlar tarqalgan paytda ko'rib chiqilgan edi.

Transfermarkt ekspertlari Kees Smitning narxini 22 mln evroga, Adam Uortonning narxini esa 60 mln evroga baholamoqda. Ikkala xavbek ham Evropa grandlari orasida talabgir.