Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska Madridning "Real" klubi murabbiyligiga nomzodlar short-listidan joy oldi.

"Qaymoqranglilar" uchun Zinedin Zidan ustuvor bo'lib qolmoqda, ammo u katta ehtimol bilan 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasini boshqaradi.

Bundan tashqari, Zizuning "Real" prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari ideal emas, deb yozadi Sky Sports.

Madridliklar rahbariyati short-listida Zidandan keyingi o'rinda Mareska bormoqda.