«Real» sardori Federiko Valverde «Bavariya»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng bayonot bilan chiqdi. Jamoalar Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida to'qnash kelishdi. Birinchi o'yin Madridda bo'lib o'tdi va unda «Bavariya» 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Javob uchrashuvi bir haftadan keyin, 15 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Valverde «Real» javob o'yinida qarama-qarshilik taqdirini o'z foydasiga hal qila olishiga ishonch bildirdi.

«Biz Myunxenda vaziyatni o'zgartira olishimizga ishonamiz», — deya Valverdening so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.