"Real" Salibadan umidini uzdi

Himoyachi Vilyam Saliba kelajagini belgilab oldi. BBC xabariga ko'ra, yaqin kunlarda frantsuz "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Saliba besh mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi - 2030 yil o'rtalarigacha.
Shu tariqa, Salibaning yaqin yillarda "Real"ga o'tishi deyarli imkonsiz bo'lib qoldi. Avvalroq, Madrid grandi himoyachi Londonda shartnomani uzaytirmasa, uni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vilyam Saliba "Arsenal" safida jami 139 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda himoyachi ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
APLning navbatdagi o'yinini "Arsenal" 28 sentyabr kuni safarda "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi.