"Real" Saliba bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragach, boshqa nomzodga o'tadi

Madridning "Real" klubi yangi markaziy himoyachi qidirishda davom etmoqda. "Qaymoqranglilar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri uzoq vaqt davomida Vilyam Saliba deb hisoblangan, ammo bu variantdan voz kechishga to'g'ri keladi - futbolchi "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. ESPN xabariga ko'ra, Saliba bilan muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Real" rahbariyati "Liverpul"dan Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashga tayyor. 26 yoshli frantsuz avval ham short-listda bo'lgan, ammo endi "qirollik klubi" yanada qat'iyroq - transfer ehtimoli oshmoqda.
Manbaga ko'ra, "Real" "RB Leyptsig" vakili Kastello Lukeba nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Konatening "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.