"Real" safarda "Valensiya"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 23-turida "Real" safarda "Valensiya"ni mag'lub etdi - 2:0.
Gollarga Alvaro Karreras va Kilian Mbappe mualliflik qildi.
"Valensiya" ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. U 23 o'yindan so'ng 23 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi. "Real" 23 o'yindan keyin 57 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Keyingi turda "Valensiya" 15 fevral kuni "Levante" mehmoni bo'ladi, "Real" 14 fevral kuni "Real Sosedad"ni qabul qiladi.
Kommentariyalar