"Real" rahbariyati Endrikdan kutib turishni so'radi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik qishda ijara asosida "Lion"ga o'tishi kutilmoqda.
Marca xabariga ko'ra, 19 yoshli forvard Frantsiyadan o'ziga uy izlayotgan edi, biroq "qirollik klubi" rahbariyati u bilan bog'lanib, shoshmasligini so'ragan.
Agar "Siti" bilan o'yinda "Real" mag'lubiyatga uchrasa, Xabi Alonso ketadi va uning o'rniga keladigan murabbiy Endrikka ishonch bildirishi mumkin.
Braziliyalik yosh futbolchi joriy mavsumda La Liganing 1 ta o'yinida 11 daqiqa maydonda harakat qildi.