"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi jiddiy jarohat oldi. Xabarlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi oyoq suyaklariga shikast etgan. Gexi "Az Alkmaar" bilan bahsda o'zini noqulay his qilayotgan edi.

Tomas Tuxel Gexini Angliya terma jamoasiga chaqirgan va endi tarkibga o'zgartirish kiritishi kerak bo'ladi. Hozirda "Chelsi" vakili Trevo Chaloba Gexi o'rnini egallashi aytilgan. "Burgutlar" himoyachisiga "Real" qiziqish bildirayotgan edi.

Manba: Sky Sports