«Real» qimmatbaho yarim himoyachini sotib olish uchun o'z yulduzlaridan birini sotishga majbur bo'ladi

Madridning «Real» klubi hanuzgacha yarim himoya chizig'ini kuchaytirish umidida. «Qaymoqranglilar»ning «Chelsi» a'zosi Entso Fernandes kabi ko'plab yulduzli xavbeklarga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Diario AS nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «qirollik klubi» transfer bahosi 100 million evrodan oshadigan yuqori darajadagi yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish uchun, avvalo, o'z tarkibidagi qimmatbaho o'yinchilardan biri bilan xayrlashish kerakligini yaxshi tushunib turibdi. Sotuvga qo'yilishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlar sifatida Eduardo Kamavinga, Orelen Tchuameni va Federiko Valverde ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, iyun oyining boshida Joze Mourino «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Jamoa safini allaqachon Denzel Dyumfris, Ibraima Konate, Mark Kukurelya va Bernardu Silva kabi futbolchilar to'ldirishga ulgurishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar