«Real» Chempionlar ligasining chorak finalida o'ynaydi.

Alvaro Arbeloa jamoasi 1/8 finalda «Manchester Siti»ni (3:0 va 2:1) musobaqadan chiqarib yubordi va endi «Bavariya» yoki «Atalanta» bilan to'qnash keladi.

Madridliklar qatorasiga oltinchi bor chorak finalgacha etib kelishdi. Oxirgi marta ular 2019/20 yilgi mavsumda bu ishni uddalay olishmagan edi. O'shandan beri — ikkita g'alaba, ikkita yarim final va ikkita chorak final qayd etildi.