"Real" "PSJ" xavbeki uchun katta mablag' sarflashi kerak

"PSJ"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Nevesh "Real"ni qiziqtirib qoldi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Madridliklar futbolchi uchun 150 million evro berishga tayyor. Parijliklar portugaliyalikni qo'yib yubormoqchi emas, ammo taklif qilinayotgan summani hisobga olgan holda muzokaralarga tayyor.
Avvalroq ushbu manba Nevesh uchun "Liverpul" 140 mln evro, "Manchester Siti" 120 mln evro berishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Transefrmarkt resursi futbolchining narxini 90 mln evroga baholamoqda.