«Real» prezidentligi lavozimiga nomzod Mourino tayinlanishiga qarshi chiqdi

Madridning «Real» klubi prezidenti bo'lish uchun nomzod Enrike Rikelme Joze Mourinoning ehtimoliy tayinlanishiga qarshi fikr bildirdi. Uning so'zlari Abc.es nashriga bergan intervyuda keltirilgan.
Rikelmening ta'kidlashicha, u portugaliyalik mutaxassisni klubning hozirgi rivojlanish bosqichi uchun to'g'ri variant deb hisoblamaydi.
«Joze Mourino — buyuk murabbiy, ammo bizning holatda “Real”ga uzoq muddatli loyiha kerak, qisqa muddatli echim emas. Biz o'rta va uzoq muddatli strategiya orqali klub yo'nalishini tubdan o'zgartirishimiz zarur. Men mourinist ham, antimourinist ham emasman — men madridistman», — dedi Rikelme.
Manba: championat.com