«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme klub uchun allaqachon ikki nafar yulduz futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi.

— Menda klub uchun allaqachon xalqaro darajadagi ikkita yulduz futbolchi bilan kelishuv bor.

— «Kelishuv» deganda nimani nazarda tutyapsiz? Og'zaki kelishuvni yoki imzolangan shartnomanimi?

— Agar men prezident etib saylansam, «Real» safida ikkita katta xalqaro yulduz o'ynaydi. Menda aniq kelishuv bor. Bular qisqa, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi sport loyihasi uchun zarur bo'lgan ikkita yulduzdir.

— Bu haqda keyingi ikki hafta ichida e'lon qilasizmi?

— Katta ehtimol bilan, ha, — dedi Enrike Rikelme.