«Real» prezidenti «Barselona»ga «hujum» qildi: «Bu normal holat emas»

"Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona"ni aybladi. Madrid klubi rahbari "Negreyra ishi"ni tilga oldi - o'z vaqtida kataloniyaliklar hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidentiga pul to'lashgan.
"Barselona" hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidentiga 17 yil davomida 8 million evrodan ko'proq pul to'lagani normal holat emas. Qanday sabab bo'lishidan qat'i nazar. Va bu davr - tasodifmi yoki yo'q - "Barselona"ning eng yaxshi natijalariga to'g'ri keladi," - deya Peresning so'zlarini keltiradi Marca.
Avvalroq, "Barselona" Negreyraga hakamlik qarorlari uchun emas, balki hakamlik hisobotlari uchun pul to'laganini da'vo qilgandi.