"Real Ovedo"ning "Real" bilan o'yindagi imkoniyati juda past baholandi

Bugun, 24 avgust kuni futbol bo'yicha Ispaniya chempionatida "Real Ovedo" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Tahlilchilarga ko'ra, bo'lajak o'yinda Madridning "Real" klubi yaqqol favorit bo'lib, uning g'alabasi 73,2 foizga baholangan, "Real Ovedo" o'yinda 9,2 foiz ehtimol bilan g'alaba qozonadi, durang - 17,6 foiz.
Raqiblar oxirgi marta 2012 yilning iyulida o'rtoqlik o'yinida to'qnash kelishgan va o'shanda Madridning "Real" klubi 5:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Manba: www.stadion.uz.