"Real Ovedo" bosh murabbiyi Gilermo Almada "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.

Yakshanba kuni jamoalar La Liganing yigirma birinchi tur uchrashuvini o'tkazishdi va kataloniyaliklar o'z maydonida 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Lamin Yamal - boshqa galaktikadan kelgan futbolchi. U boshqalarga o'xshamaydi. Shunday yoshda ham u bir o'zi o'yinning borishini o'zgartirishga qodir. Bugun kechqurun u bizni jazoladi," - deya Almadaning so'zlarini keltiradi The Touchline.