«Real» Olisega 120 million evrolik muqobil variant topdi

Madridning «Real» klubi «RB Leyptsig» vingeri Yan Diomandega da'vogarlik qilayotgan jamoalar ro'yxatiga qo'shildi.
«Qirollik klubi» rahbariyati Maykl Olisening «Bavariya»dan transferini amalga oshirish oson bo'lmasligini tushunib turibdi, shu sababli bozordagi boshqa variantlarni o'rganmoqda. Transfer News Live nashrining El Debatega tayanib xabar berishicha, Diomande muqobil variant sifatida belgilangan. «Qaymoqranglilar» skautlar bo'limi rahbari Xuni Kalafat ivuarlik (Kot-d'Ivuar) futbolchining JCh-2026dagi o'yinlarini bevosita kuzatib bormoqda.
Yan Diomandega shuningdek, «Liverpul» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq 19 yoshli futbolchining o'zi «Real»ga o'tishni afzal ko'radi. «RB Leyptsig» esa ushbu porlayotgan yulduzining sotuvidan kamida 120 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar