«Real» o'z yulduzlaridan biri bilan xayrlashadi

Madridning «Real» klubida nafaqat shov-shuvli xaridlar, balki futbolchilarni sotish ham rejalashtirilmoqda. Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, shu yozda «qirollik klubi»ni bir yo'la bir nechta yuqori darajadagi futbolchilar tark etadi. Hozircha ularning aniq ism-shariflari oshkor qilinmayapti.
Tez orada «Real» safiga himoyachilar Ibraima Konate va Denzel Dyumfris kelib qo'shiladi, biroq jamoa uchun transferlar bu bilan to'xtab qolmasa kerak. Seshanba kuni klub «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares uchun berilgan 150 million evrolik taklif «matraschilar» tomonidan rad etilganini ma'lum qilgan edi.
Yaqin vaqt ichida «Real» Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e'lon qiladi.