«Real» o'yinchilari Valverde Tchuamenini provokatsiya qilgan deb hisoblamoqda

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverdening obro'si Orelen Tchuameni bilan sodir bo'lgan voqeadan so'ng jiddiy zarar ko'rishi mumkin.
Urugvaylik futbolchi jamoadoshi bilan mushtlashgan: taxminlarga ko'ra, vitse-sardor frantsuz futbolchisini o'ziga kuchli zarba berishga majbur qilgan (provokatsiya qilgan), buning oqibatida esa o'zi og'ir jarohat olgan. Valverdening o'zi bergan bayonotida «jamoadoshi» bilan to'qnashuv bo'lganini tan olgan bo'lsa-da, stolga urilib ketganini yozgan edi.
Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, «Real» futbolchilari Valverdening harakatlaridan hafsalalari pir bo'lgan. Ular yarim himoyachi Tchuameni bilan bog'liq vaziyatda haddan oshib ketgan va bu bilan sherigining agressiyasiga sabab bo'lgan deb hisoblashmoqda.