Madridning «Real» klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Tyago Pitarch Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasida o'z tanlovini amalga oshirdi.

«Ronaldu yoki Messi? Krishtianu. Men uchun u — GOAT [tarixdagi eng yaxshisi]», — deya ispan OAVlari madridliklar grandining yosh futbolchisi so'zlarini keltirmoqda.

Ma'lumot uchun, Tyago Pitarch «Real»ning asosiy jamoasi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Krishtianu Ronaldu 2009 yildan 2018 yilga qadar «qirollik klubi» sharafini himoya qilgan. 

Manba: Stadion.uz