"Real"ning Xulian Alvares borasidagi pozitsiyasi ma'lum bo'ldi

Hujumchi Xulian Alvares "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tishni istamoqda, garchi matbuotda argentinalik futbolchi Madridning "Real" klubi bilan ham bog'lanayotgan bo'lsa-da. AS nashri sahifalarida "qaymoqranglilar"ning Alvares borasidagi pozitsiyasi haqida maqola chop etildi.
Ushbu maqolada qayd etilishicha, "Real" o'z tarkibini shakllantirishda butunlay boshqa maqsadlarga e'tibor qaratgan. Madridliklar Alvares atrofidagi vaziyatni masofadan turib, faqat chetdan kuzatishmoqda.
"Hozirda Madrid klubi boshqa maqsadlarga e'tibor qaratgan va Xulian Alvares atrofidagi vaziyatni chetdan kuzatmoqda. Ular futbolchining bayonotlaridan norozi bo'lgan "Atletiko" rahbariyatining bunga qanday munosabat bildirishini kutishmoqda", — deyiladi maqolada.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning iyul oyida "Real" Alvares uchun 150 million evro taklif qilgan edi. O'shanda "Atletiko" ushbu taklifga darhol rad javobini bergan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar