"Real" va "Tottenxem"ning sobiq himoyachisi Serxio Regilon Amerikaning "Inter Mayami" klubiga o'tishga rozi bo'ldi, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi "Inter Mayami" bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Tez orada u 2028 yilgacha shartnoma imzolab, Lionel Messi jamoasiga o'tishi kutilmoqda. Regilon 2020 yildan 2025 yilgacha "Tottenxem"ga tegishli bo'lgandi, ammo bu vaqtning katta qismini ijarada o'tkazgan.