«Real»ning sobiq futbolchisi Mourinoning qaysi jihati yoqqani va qaysi biri g'ashiga tekkanini aytib berdi

«Real» va «Roma»ning sobiq futbolchisi Borxa Mayoral Joze Mourino qo'l ostida ishlagan davrlari haqida gapirib berdi. Marca nashriga bergan intervyusida Mayoral uni ham maqtadi, ham tanqid qildi.
«Mourinoning menga eng yoqqan tomoni — uning mashg'ulotlari edi. Ular juda raqobatli va juda qiziqarli o'tardi. Mening vaziyatim ideal bo'lmasa-da, u bilan ishlash menga yoqardi. Vaqt o'tishi bilan u suhbatlarda meni hayratda qoldirardi, mehnatimning e'tirof etilishini his qilardim. Bir safar u mening barvaqtroq maydonga tushishga munosib bo'lganimni aytgani va matbuot anjumanlaridan birida men haqimda juda yaxshi gaplar gapirgani yodimda. Men buni hech qachon unutmayman.
Mourinoda mening eng ko'p g'ashimni keltiradigan narsa — uning mag'lubiyatni tan ola bilmasligidir. U kiyinish xonasida menga yoqmaydigan yoqimsiz e'tirozlarni bildirardi — bular nafaqat menga, balki boshqa futbolchilarga ham qaratilgan bo'lardi. Men uning juda ambitsiyali inson ekanini va hammamiz achchiq ustida ortiqcha gapirib yuborishimiz mumkinligini tushunaman, lekin har doim hurmat birinchi o'rinda turishi kerak», — dedi Mayoral.
Shu yozda Joze Mourino «Real»ga qaytdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar