"Real"ning sobiq futbolchisi Messi haqidagi savolga javob berdi

"Real" va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Esekiel Garay yulduz hujumchi Lionel Messining Kataloniyaning "Barselona" klubiga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Men Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. U bilan birga o'ynash menga zavq bag'ishlardi. Leo "Barsa"ga qaytadimi? Men har doim Lionelni o'z jamoamda ko'rishni istardim", - deya Esekielning so'zlarini keltiradi Sport.es.
Messi Kataloniya klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi 2005 yildan 2021 yilgacha "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida o'ynagan.